Muhammad al-Avdaniy
(Abu Bakr) Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Basir (Nasr) ibn Varaqa (Varqo) al-Avdaniy (hijriy 385-yil rabiulavval oyi (milodiy 995-yil)da Buxoroda vafot etgan) — oʻz davridagi ash-Shofiʼiy izdoshlaridan boʻlgan imom. U doimo ilm izlashni yoqlab chiqar va uni keng koʻlamda yoyishni xohlar edi. U umrining soʻnggi damigacha shu talabiga sodiq qolgan. U vafot etganda, uyidan oʻzi va bir necha daftardan boshqa biron-bir narsa chiqmagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org