Muhammad al-Astug‘dadiyziy
Muhammad al-Astug‘dadiyziy (arabcha: محمد الأستغداديزى — Abu Bakr Muhammad ibn Osim al-Astug‘dadiyziy) — Faqih.
Toʻliq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Osim ibn Ramazon ibn Ali ibn Aflah ibn Kosmona al-Astug‘dadiyziy. U X asr boshida Nasafga qarashli Astudadiyza qishlogʻida tugʻilgan. Manbalarda Muhammad al-Astug‘dadiyziy solih, fozil va faqih kishi boʻlgani qayd etilgan.
Ustozlari
Muhammad al-Astug‘dadiyziy Abu Bakr Muhammad bin Ahmad bin Xanba, Abu Solih Xalaf bin Muhammad bin Ismoil al-Xayyom, Abu Abdulloh Muhammad bin Muso az-Zarir ar-Roziy va Abu Bakr Ahmad bin Sa‘d bin Bakkar al-Sammaniylardan hadis rivoyat qilishgan.
Shogirdlari
Muhammad al-Astug‘dadiyziydan Abu Tohir an-Nasafiy va oʻgʻli Abu Jaʼfar Muhammad Astundadiyziylar hadis rivoyat qilishgan.
Vafoti
Muhammad al-Astug‘dadiyziy 378/989-yili zulhijja oyining oʻrtasida vafot etgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org