Muhammad al-Asmandiy
Muhammadibn Abdulhamid ibn al-Hasan ibn al-Husayn ibn Hamza al-Asmandiy as-Samarqandiy (Alouddin, Abul Fath) (hijriy 488-yil (milodiy 1095-yil)da Samarqandda tavallud topib, 563-hijriy yil (milodiy 1168-yil)da vafot etgan) — „Alou-l-olim“ nomi bilan tanilgan faqih, mutakallim, dong‘i ketgan munozarachi va usulshunos olim. Samarqand ahlidan bo‘lgan. Sayyid Imom Ashraf al-Alaviy huzurida faqih bo‘lib yetishgan. Go‘zal iboralari va xilof ilmi haqida tasnif etgan asari bor. So‘ngra Bag‘dodga kelgan va uning ahli bilan bahs-munozara olib borgan.
Asarlari
Manbalar
uz.wikipedia.org