Muhammad al-Armaviy (Abu Bakr)
Muhammad ibn al-Husayn ibn Umar al-Armaviy (536-hijriy yil (milodiy 1142-yil)da vafot etgan) — xushsiyrat va fozil faqih boʻlgan. Shayx Sheroziy huzurida faqih boʻlib yetishgan. Oʻzi eʼtiqod qilgan mazhabning qarashlarini himoya qilgan. Bag‘doddagi „Nizomiya“ madrasasida yashagan va fiqh ilmidan saboq olgan. Garchi kelib chiqishi boʻyicha roviylardan boʻlsa ham, lekin ismi sharifi boshqa bir ismga qoʻshilib, chatishib ketgani uchun bironta ham hadis rivoyat qilmagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org