Muhammad al-Abhariy (faqih)
Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Solih ibn Umar ibn Misʼab ibn az-Zubayr al-Abhariy al-Molikiy — faqih, qori, Molik ibn Anas mazhabini sharhlashga oid asarlar musannifi, muhaddis, usul al-fiqh sohasi boʻyicha olim boʻlgan. Uning Molik ibn Anas mazhabini tushuntirish va unga qarshi chiqqanlarga raddiya tarzida yozilgan asarlari bor. Oʻz davridagi zamondoshlarining peshvosi boʻlgan. U Buhron, Bagʻdod va Kufada hadis tinglagan. Togʻli Abharda 902-yil tugʻilgan. Bagʻdodda istiqomat qilgan va shu yerda faqih boʻlib yetishgan, qiroat va isnod ilmlarini egallagan. Bagʻdodda hadis aytgan va 986-yilda shu yerda vafot etgan.
Asarlari
Manbalar
uz.wikipedia.org