Muhamedov Safo




Safo Muhamedov (1914.24.6 - Toshkent — 1990.19.3) — rangtasvir ustasi, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1971). Toshkent rassomlik bilim yurtini (1938), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini (1960) tugatgan. 1940-yildan Respublika rassomlik bilim yurtida pedagog; Toshkent politexnika instituti (meʼmorlik fakulteti)da dotsent (1963), professor (1988), 1968-yildan kafedra mudiri. M. asarlarida mexnat axli va ziyolilar, ularning qiyofalari, mexnati va kayfiyatlari jonli hayotiy tasvirlangan: "Eski maktab" (1940), "Mehnat Qahramoni S. Nuriddinov" (1956); "Tunggi sugorish" (1963), "Professor R. Q. Islombekov" (1968), "Alisher Navoiyning sultan Husayn Boyqaro bilan soʻngti uchrashuvi" (1972) va boshqa M. rassomlik sanʼati va haykaltaroshlik sohasidan ilmiy asar, dastur, qoʻllanmalar va uslubiy tavsiyanomalar yozgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz