Muhabbat Yuldasheva




Muhabbat Yoʻldosheva (Muhabbat Yoʻldosheva Husniddinovna) — o'zbek fantast-yozuvchisi, jurnalisti, ssenaristi, kinotarjimoni. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 2019-yildan buyon oʻtkazilayotgan Xalqaro „HUMO“ ertaklar tanlovining tashkilotchisi. 2021-yili tashkil qilingan www.muhabbatxon.uz adabiy saytining asoschisi.

Hayoti va ijodi



Muhabbat Yoʻldosheva Husniddinovna 1964-yil 22-martda Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1981-yilda Toshkent viloyatidagi 16-oʻrta maktabni Oltin medal bilan bitirgan. 1987-yilda Toshkent Politexnika institutining togʻ-metallurgiya fakultetini bitirgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. (1987) Muhabbat Yoʻldosheva 35 ta kitob muallifi. Uning hikoya va ertaklari ingliz, serb, hind, bengal, koreys, qozoq, xitoy, ukrain, belorus, vyetnam va rus tillariga tarjima qilingan. Yozgan asarlari Misr, AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Angliya, Pokiston, Ukraina, Qozogʻiston, Vyetnam va boshqa mamlakatlarda nashr etilgan. 1999—2019-yillarda 400 dan oshiq badiiy film va 20 dan oshiq teleserialni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Mukofotlari



2010-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan „Belaya Skrijal“ I-Xalqaro hikoyalar tanlovida qatnashib, Bolalar adabiyoti yoʻnalishining gʻolibasi boʻlgan. 2013-yili Janubiy Koreya Respublikasida tashkillashtirilgan Oʻrta Osiyo mamlakatlari xalqlarining miflari, ertaklari va afsonalari asosidagi Xalqaro tanlovda oʻz ijodi bilan ishtirok etgan.
Ushbu tanlovda „Koʻhi-Qof shahzodasi“ nomli badiiy film ssenariysi bilan birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2020-yilda oʻtkazilgan „Eng sehrli bayram“ ertaklar tanlovida, 2022-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan „Ayolga ehtirom“ adabiy tanlovida gʻoliblikni egallagan.

Manbalar




[[]]

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz