Muhabbat Yoʻldosheva (yozuvchi)
Ushbu maqola yozuvchi haqida. Aktrisa haqida Muhabbat Yoʻldosheva maqolasiga qarang.
Yoʻldosheva Muhabbat Husniddinovna (oʻzbekcha: Йўлдошева Муҳаббат Ҳусниддиновна; 1964-yil 22-mart, Toshkent viloyati) — fantast-yozuvchi, jurnalist, ssenarist, kinotarjimon. 1989-yildan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Bolaligi va taʼlim
1964-yil 22-martda Toshkent viloyatida tugʻilgan.
1981-yilda Toshkent viloyatidagi 16-o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirgan.
1987-yilda Toshkent politexnika institutining togʻ-metallurgiya fakultetini bitirgan.
Ijodi
1999-2019 yillar davomida 400dan oshiq badiiy film va 23 ta teleserialni o‘zbek tiliga o‘girgan.
Uning fantastik hikoya va ertaklari ingliz, serb, hind, bengal, koreys, qozoq, xitoy, ukrain, belarus, vetnam va rus tillariga tarjima qilingan. Asarlari Misr, AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Angliya, Pokiston, Ukraina, Qozogʻiston, Vetnam va boshqa mamlakatlarda nashr qilingan.
Bibliografiya
Tarjimalari
Mukofotlari
Moskvada oʻtkazilgan „Belaya Skrijal“ Xalqaro hikoyalar tanlovida Bolalar adabiyoti yoʻnalishi boʻyicha gʻolib boʻlgan. 2013-yilda Koreya Respublikasida oʻtkazilgan Oʻrta Osiyo mamlakatlari xalqlarining miflari, ertaklari va afsonalari asosidagi ssenariylar Xalqaro tanlovida „Koʻhi-Qof shahzodasi“ nomli badiiy film ssenariysi bilan 1-oʻrinni egallagan. 2022-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan oʻtkazilgan „Ayolga ehtirom“ adabiy tanlovining gʻolibasi boʻlgan.
2019-yilda „HUMO“ xalqaro ertaklar tanloviga asos solgan.
Oilasi
Qizi — Gulnoz Tojiboyeva, bolalar yozuvchisi va tarjimon.
Oʻgʻli — Xurshid Tojiboyev, bolalar yozuvchisi, tarjimon va sportchi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org