Muhabbat Sharapova




Muhabbat Sharapova (1949-yilning 24-yanvarida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tugʻilgan) — matematika fani oʻqituvchisi.

Faoliyati



1971-yili Samarqand davlat universitetini tugatib, oʻzi tahsil olgan Shahrisabz shahridagi 5-maktabda oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan. 2000-yildan boshlab Qarshi 2-ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internatida pedagogik faoliyatini davom ettirgan. Muhabbat Sharapova pedagogik faoliyatining qariyb yarim asri davomida faqatgina matematika fanidan dars beradigan shogirdlarining oʻzi 120 nafardan oshgan. Ular orasida 4 nafar fan doktori, oʻnlab fan nomzodlari boʻlgan shogirdlari bor. Uning oʻquvchilari 22 maratoba respublika fan olimpiadalarida, 7 marta xalqaro fan olimpiadalarda va 2 marta „Bilimlar bellashuvi“ respublika bosqichida ishtirok etishgan.

Unvonlari



1991-yili „Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“

1996-yili „Mehnat shuhrati“ ordeni

2007-yili „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“

2016-yili „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan mukofotlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz