Muhabbat Salayeva




Muhabbat Saburovna Salayeva (1961-yil 16-may, Urganch, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi



Muhabbat Salayeva 1961-yil 16-may Urganch shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1978—1982-yillarda Qoʻqon pedagogika instituti pedagogika-psixologiya fakulteti tahsil olgan. 1982—1991-yillarda Urganch pedagogika bilim yurti oʻqituvchisi, 1991—1992-yillarda Xorazm davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi, 1993—1996-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranti, 1996—2001-yillarda Urganch davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi, 2001—2003-yillarda Urganch davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, 2003—2005-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti, 2006—2008-yillarda Urganch davlat universiteti boshlangʻich taʼlim nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2008—2015-yillarda boshlangʻich taʼlim nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti, 2015—2018-yillarda boshlangʻich va maktabgacha taʼlim metodikasi kafedrasi dotsenti, 2018—2020-yillarda maktabgacha taʼlim metodikasi kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat koʻrsatgan. 2021-yildan Urganch davlat universiteti maktabgacha taʼlim metodikasi kafedrasi professori. 2002-yildan „Olima“ uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimi ijrochi direktori.

Ilmiy faoliyati



1999-yilda „Muhammad Rizo Ogahiyning maʼrifiy-pedagogik qarashlari“ mavzusida nomzodlik, 2019-yilda „Oʻzbek pedagogikasi tarixini davrlashtirishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 162 ta ilmiy ishlar, shundan 2 ta darslik, 2 ta monografiya va 3 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta uslubiy qoʻllanma, 120 ta ilmiy maqolalar muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz