Muhabbat (Qahhor asari)




„Muhabbat“ — oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub qissa. Muallif bu qissani 1968-yil yozgan. Asar kitob sifatida ilk bor 1969-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. „Muhabbat“ Qahhor tirikligida yozgan soʻnggi asardir. Qissada ikki yoshning oʻz muhabbati uchun kurashi haqida soʻz yuritiladi.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: X. Ergashev – muharrir, N. Xoliqov – rassom, Yu. Pavlov – rasmlar muharriri, A. Boboxonov – texnik muharrir, Sh. Zuhriddinov – musahhih. Kitob adadi – 75 000 nusxa.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz