Muhabbat Hakimova




Muhabbat Fayziyevna Hakimova (1962-yil 4-yanvar, Gʻuzor tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi



Muhabbat Hakimova 1962-yil 4-yanvar Gʻuzor tumanida tugʻilgan. 1986-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini oligofrenopedagogika ixtisosligi boʻyicha tugatgan. 1986—1993-yillarda Qibray tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqituvchi, 1993—2001-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti Psixologiya va pedagogika kafedralari dotsenti lavozimida ishlagan. 2001-yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti „Innovatsion taʼlim“ kafedrasining mudiri.

Ilmiy faoliyati



Respublikada oligofrenopedagogika ixtisosligi boʻyicha birinchi pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan pedagog olima hisoblanadi. 1997-yilda pedagogika fanlari nomzodi, 2010-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darjasini, professor ilmiy unvonini olgan. 6 ta monografiya, 6 ta darslik, 40 dan ortiq oʻquv va oʻquv-uslubiy-elektron qoʻllanmalar, 250 dan ortiq risola, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifidir. 1999-yilda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“, 2001-yilda „Oʻzbekiston Mustaqilligining 10 yilligi“, 2021-yilda „Moʻtabar ayol“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz