Mugʻxona




Mugʻxona , qurum, mugʻtosh — 1) otashparastlar qarorgohi; 2) oʻtov shaklida toshdan yasalgan qabr inshooti (miloddan avvalgi III—II, milodiy V—VI-asrlar). Namangan viloyatidagi Kosonsoy yaqinidan topilgan Mugʻxona Shimoliy Fargʻonaning yarim oʻtroq qabilalariga mansub. Inshoot devorlari siniq va yupqa toshlardan qorishma ishlatilmay oval shaklida (5x8,5 m) qurilgan. Ichki xonaning chiqish tuynugi boʻlib, toshtaxta bilan berkitib qoʻyilgan. M.dan odam suyaklari, tuvak, koʻza, dastali piyola, qilich, pi-choq, jez va temir oʻq uchi, jez koʻzgu, zirak, uzuk, munchoq, nafis moʻychinak va boshqa topilgan. Idishlar qizil, qora angob bilan tirnab hoshiyalangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz