Mug'aylon




Mugʻaylon (mugʻilon) soʻzi eski oʻzbek tiliga fors-tojik tilidan oʻtib oʻzlashgan. Qadimgi turkiy yozma manbalarda qayd qayd etilmagan. Alisher Navoiy asarlatida mugʻilon-mugʻaylon shakllarida keladi:
Guli maqsud ul qondur, Navoiykim, ayogʻingdin,
Chiqar chekkanda maqsad kaʼbasi xori mugʻilonin.
(Gʻaroyib us-sigʻar , 458)

Etimoni



Soʻzning etimoni haqida maʼlumotlar yoʻq. Eski tojik tilida mugʻeylon shaklida qoʻllanib,Arabiston sahrolarida oʻsuvchi tikanli daraxt maʼnosini anglatadi.

Maʼno va morfemik qismlari



Hozirgi eroniy va oʻzbek tilida qoʻllanmaydi. Mugʻaylon-mugʻilon bir soʻzning ikki xil shakli boʻlib, ularning bir umumiy asosi - mugʻ dir. Ikkinchi morfema — aylon — ilon maʼnosini yozma manbalardagi faktlar asosida aniqlay olinmagan. Bosh morfema mugʻ koʻpgina maʼnolarni bildiradi. Bu soʻz tarkibida mugʻ morfemasining leksik maʼnosi qizil, qizilga oʻxshash, qizilga monand, ikkinchi qoʻshma morfema -(gʻ)ilan, -(gʻ)aylon oʻsimlik nomini atab, mugʻilon-mugʻaylon qizil rangli tikonli daraxt yoki oʻsimlik demakdir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz