Mufuletta




Mufuletta  — Sitsiliyada yopiladigan kunjutli dumaloq non va shu nondan tayyorlanadigan mashhur sendvich.

Non



Mufuletta — Sitsiliyada pishiriladigan diametri taxminan 25 smgacha boʻlgan, zich magʻizli, yirikkina dumaloq yassi non. Tashqi koʻrinishdan fokachchaga oʻxshaydi. Mufuletta fokachchadan quyidagilar bilan farq qiladi: mufuletta juda yengil non, tashqi tomondan qarsildoq, magʻzi yumshoq. Tayyorlashda kunjutdan boshqa birorta ziravor yoki taʼm beruvchi mahsulotdan foydalanilmaydi.

Sendvich



Anʼanaviy mufuletta sendvichi — yonlamasiga kesilib, orasiga tuzlangan zaytun salati, mortadella, salyami, mosarella pishlogʻi, vetchina va provolone solingan non. Baʼzan provoloneni eritish uchun sendvich isitiladi. Toʻliq, ikkiga yoki 4 ga boʻlingan holda dasturxonga tortiladi.

Asosiy qoʻshimchasi — oregano va sarimsoqpiyoz bilan birga mada toʻgʻralgan kashnich, selderey, zaytun, rangli karam va sabziga zaytun moyi qoʻshilib, 24 soat davomida marinadlanadigan zaytun salatidir.

Dastlab, sendvich sovuq holda tortiladi, koʻplab ishlab chiqaruvchilar nonni qovurgan holda tortiq qiladi.

Kelib chiqishi



Mufuletta sendvichining kelib chiqishi Luiziana shtatining Nyu-Orlean shahridagi fransuz mavzesida joylashgan Central Grocery Italiya-Amerika oziq-ovqat doʻkoni hisoblanadi.

Central Grocery asoschisining qizi Mari Lupo Tusning soʻzlariga koʻra, ushbu sendvich yaqin atrofda oʻzlari yetishtirgan mahsulotlarini sotgan sitsiliyalik fermerlar tufayli paydo boʻlgan. Ular tushlik vaqtida doʻkonga kirib, salyami, vetchina, pishloq, zaytun salati va italyancha nonni xarid qilishgan. Ular Sitsiliya uslubida, qutilar yoki bochkalar ustida oʻtirib, mahsulotlarni tizzalariga qoʻygan holda alohida-alohida tanovul qilishgan. Marining otasi Sitsiliya anʼanalariga zid ravishda nonni kesib, boshqa mahsulotlarni sendvich tarzida nonning ichiga qoʻyishni taklif qilgan. Koʻp oʻtmay, fermerlar tushlikka kelib, shunchaki „mufulettes“ soʻraydigan boʻlishshdi.

Etimologiyasi



Bu nom „muffe“ („mogʻor“, „zamburug“)ning kichraytirilgan shakli deb hisoblanadi, ehtimol, dumaloq sendvich va non qoʻziqorin shapkachasini eslatadi; yoki muffola, yaʼni „muff, mitt“, yaʼni „mufta“, „qoʻlqop“ soʻzidan kelib chiqqan. Muffoletta soʻzining shakllari va iteratsiyasi asl Sitsiliya tilining zamonaviy italyan tili shakllari hisoblanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz