Mudofaa operatsiyasi




Mudofaa operatsiyasi - qoʻshin ning muayyan reja asosida oʻtkazadigan jangovar harakatlari. Maqsadi — oldindan tayyorlangan muhandislik inshootlariga joylashib, raketa-yadro, aviatsiya va artilleriya zarbalaridan foydalangan holda dushmanga katta talafot yetkazish, oʻz jangovar pozitsiyalarini saklab qolish hamda hal qiluvchi qarshi hujumga oʻtish uchun qulay sharoit yaratishdir. Mudofaa operatsiyasi armiya, front (armiyalar guruhi), frontlar guruhi koʻlamida boʻladi. Mudofaa operatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha mavjud qurollardan unumli foydalanish, tez-tez manyovr qilish talab etiladi. Puxta reja asosida oʻtkazilgan Mudofaa operatsiyasi dushmanga katta talafot yetkazadi, qoʻshinning qarshi hujumga oʻtishiga imkon yaratadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz