Muborak davlat buyurtma qoʻriqxonasi




Muborak davlat buyurtma qoʻriqxonasi  — Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyatida joylashgan qoʻriqxona. Qashqadaryo viloyati hokimligining 1998-yil 5-dekabrdagi X-344/12-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Maydoni —249073,0 gektar.

Tarixi



Muborak davlat buyurtma qoʻriqxonasi 1998-yil 5-dekabrda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida tashkil etilgan boʻlib hududi 249073,0 gektarni tashkil etadi. Faoliyat muddati cheklanmagan. Buyurtmaxona maydoni 219534 gektar oʻzgartirilgan. Tashkil qilishdan maqsad — Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar yoʻrgʻa tuvaloq (Chlamydotis undulata) qushlarining yashash joylari — migratsiya yoʻllari, qishlash va koʻpayish yerlari, shuningdek, boshqa yovvoyi hayvonlar yashash joylarini saqlab qolishdan iborat. Qashqadaryo viloyati Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi ixtiyorida.

Tavsifi



Davlat buyurtma qoʻriqxonalari doimiy boʻlmasdan , ayrim paytlarda mavsumli qoʻriqlash tartibiga ega boʻlgan mintaqalarni oʻz ichiga oladi. Davlat buyurtmaxonalari qisqa vaqt (5-10 yilga) tashkil qilinadi. Ularning umumiy maydoni 12186,5 kv.km. boʻlib, bugungi kunda oʻndan ortiq davlat buyrtmaxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularning vazifasi turli hayvonlarni yetkazib berish, koʻpaytirish va himoya qilishdan iborat. Mamlakatimizda Qorakoʻl, Qamabchoʻl, Saygʻoq, Sudoche, Qoʻshrabod, Qoraqir, Sarmishsoy, Arnasoy, Dengizkoʻl, Muborak, Oqtov, Nurobod kabi davlat buyurtmaxonalari muhim ahamiyatga ega.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz