Muborak Abdullayeva
Muborak Abdullayeva Asqarjon qizi (1998 yil 26 mart kuni Toshkent shaxrida tavallud topgan) —oʻzbek aktrisasi.
Hayoti
Muborak Abdullayeva Asqarjon qizi 1998 yil 26 mart Toshkent shahrida tavallud topgan. oʻzbek aktrisasi va blogeri. 101 - maktabda tahsil olgan. Maktab chogʻlarida Oʻzbekfilm kinostudiyasida Oʻzbekiston xalq artisti Erkin Komilov hamda aktrisa Yulduz Hamidovalardan aktyorlik mahoratidan taʼlim olgan.
Ijodi
Maktabni bitirgach 2015/2017 yil Toshkent Madaniyat kollej Drama teatr aktyorligi yoʻnalishida tahsil olgan. Kollejni bitirgach reklama, klip, kinosyomka va seriallarda Zoʻr TV telekanalida „Dugonalar shou“ qizlardan tashkil topgan guruhda aktrisa sifatida ishlagan. 2020 yil Oʻzbekiston Xoreografiya Akademiyasi Sanʼatshunoslik yoʻnalishiga oʻqishga kirgan. 2021 yildan boshlab Afandini qizlari jamoasi rezidenti boʻlib faoliyat olib boradi. 2021 yil Zoʻrtv telekanalida Temir Xotin koʻrsatuvida boshlovchilik qilgan. Hozirda Zoʻrtv telekanalida Ertalabdan Salom jonli efirida boshlovchilik qiladi.
Havolalar
uz.wikipedia.org