Mubinjon Baratov




Mubinjon Baratov — (1933 – 2005) Nurota shahri (Navoiy viloyati)da tugʻilgan. SAGU (Hozirgi OʻzMU) sharq fakulteti xorijiy sharq mamlakatlari tarixi boʻlimining 1956-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-tarixchi-hindshunos, falsafa fanlari doktori, professor (1974). OʻzFAning haqiqiy aʼzosi (2000).
1956 – 1959-yillar OʻzFA Falsafa va huquq institutida aspirant; 1959 – 1975-yillar shu institutda kichik ilmiy xodim, keyin katta ilmiy xodim, (shu orada: 1959 – 1966-yillar OʻzFAning Falsafa kafedrasida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi (1961), dotsent (1964) va nihoyat kafedra mudiri); 1966-yildan sharq falsafasi tarixi sektorining mudiri; 1970 – 1975-yillarda shu institut direktori (shu orada: 70-yillarda ToshDUning sharq va falsafa fakultetlarida oʻqituvchi; 1975 – 1976-yillarda Oʻzbek ensiklopediyasining bosh muharriri; 1976 – 1980-yillarda, OʻzFA SHI direktori (shu orada: 1979-yildan OʻzFA muxbir aʼzosi); 1980-yildan 1993-yilgacha ToshDU qoshidagi ijtimoiy fanlar oʻqituvchilarining malakasini oshirish institutining direktori (ayni vaqtda: 1982 – 1993 yy. ToshDUning Ijtimoiy fanlar boʻyicha prorektori); 1993 – 2003-yillar OʻzFA Falsafa va huquq institutida Maʼnaviyat va shaxs boʻlimining mudiri, grant rahbari boʻlgan.

Ilmiy yo'nalishi



Sharq xalqlari falsafasi tarixi. 150 tadan ortiq monografik tadqiqotlar, risolalar, ilmiy va ommabop maqolalar, darslik va oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Falsafa boʻyicha Butunjahon kongressi qatnashchisi (Varna, Bolgariya, 1973.). Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi. 1979-yildan OʻzFA muxbir aʼzosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi.

Adabiyotlar



1. Falsafa: darslik. – Toshkent, 1970, 1975.
2. Xorijiy Sharq xalqlari ilgʻor ijtimoiy-falsafiy fikrlar ocherklari (kollektiv monografiya). – Toshkent, 1971. Vivekananda. - B.60 – 69; Aurobindo Gxosh. - B.87 – 92; Rabindranat Tagor. – B.76 – 86; Maxatma Gandi. – B.107 – 120; Djavaxarlal Neru. – B.127 – 135; Radxakrishnan. – B.136 – 141; Adjoy Gxosh. – B.141 – 148.
3. M.K. Gandi — buyuk mutafakkir // Moxandas Karamchand Gandi. — Toshkent, 1972. – B.31 – 51.
4. Hindistonda ijtimoiy fikrlar (kollektiv). — Toshkent, 1973.
5. Hindistonda ijtimoiy-falsafiy fikr tarixidan. — Toshkent: Fan, 1976. – 264 b. – ham mualliflikda.
6. Materializmning idealizmga qarshi kurashi // Markscha-lenincha filosofiya asoslari. – Toshkent, 1976. – B.22 – 54.
7. Зарубежный Восток и современность. – Ташкент: Fan, 1977.

uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz