Muattar Nabiyeva
Muattar Abdullajonovna Nabiyeva (1996-yil 2-iyun, Andijon) — oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, 2019-yilgi Osiyo chempionati sovrindori, Yaponiyadagi 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, 2018-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlari ishtirokchisi.
Sport faoliyati
Muattar Nabiyeva 1996-yilda tugʻilgan. Andijonda istiqomat qiladi. U 2016-yilgi Yoshlar jahon chempionatida 58 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida 3-oʻrinni olib, bronza medal sohibasi boʻldi.
2018-yili Jakartada boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 58 kg gacha boʻlgan vazn toifasida umumiy ogʻirligi 217 kg boʻlgan shtangada tosh koʻtarib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
2018-yilning noyabr oyi boshida Ashxobodda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 55 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi yakuniy oltinchi oʻrinni olgan edi.
2019-yilda Ninbo shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u 204 kilogramm natija bilan uchinchi oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritadi.
2019-yil sentyabr oyida Pattayadagi jahon chempionatida 55 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi Muattar siltab koʻtarishda (96 kilogramm) kichik bronza medalini qoʻlga kiritdi. Yakuniy bayonnomada oltinchi boʻldi.
Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarida Muattar Nabiyeva siltab koʻtarishda 98 kilogramm tosh koʻtarib, bu yoʻnalishda Olimpiada rekordini oʻrnatdi. Afsuski, dast koʻtarishda u magʻlub boʻldi. Umumiy 212 kg natija bilan Nabiyeva toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
2021-yilning 16-25-aprel kunlari Toshkent shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida Muattar Nabiyeva bronza medalini qoʻlga kiritdi. Ogʻir atletikachi 55 kg gacha boʻlgan vazn toifasida ikki kurashda ishtirok etdi. Nabiyeva dast koʻtarishda 99 kilogramm ogʻirlikdagi shtangani koʻtarib, kumush medal bilan taqdirlandi. Siltab koʻtarishda sportchi 114 kg tosh koʻtarib, uchinchi natijaga erishdi.
Sport natijalari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org