Muʼammil Jassos




Muʼammil Jassos – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf  shayxi. Sherozda yashagan. Iroq va Arabis­tonga safar qilgan. Jaʼfar Hazzo, Abu Abdulloh Xafif Sheroziy, Abulhusayn Muzayyin, Ali bin Shulluya bilan hamsuhbat boʻlgan. Garchi yozuv-chizuvdan bexabar boʻlsa-da, tavhid va irfon ilmining yirik bilimdoni sanalgan.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz