Márton Eppel




Marton Eppel (talaffuzi: Marton Eppel) (1991-yil 26-oktabrda tugʻilgan) — vengriyalik professional futbolchi, Diósgyőr va Vengriya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati



NEC



Eppel 2011-yil avgust oyida NECga mavsumiy ijara asosida oʻtgan. Ijaradan tashqari NEC klubi uni sotib olish imkoniyatiga ham ega boʻlgan. Ammo jamoa bu imkoniyatdan foydalanmagan.

Honvéd



Eppel 2016—2017 Nemzeti Bajnokság I mavsumida Budapesht Xonved FK bilan ichki chempionat gʻolibligini qoʻlga kiritgan va u Nemzeti Bajnokság I ning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

Qayrat



2018-yilning 2-iyulida Qozog'iston Premyer Ligasining "Qayrat" klubi Eppel bilan 18 oylik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Eppel 2018—2019-yilgi UEFA Yevropa ligasining birinchi saralash bosqichida Andorraning UE Engordany klubi darvozasiga jamoasining oʻnta golidan beshtasiga mualliflik qilgan.

Cercle Brugge



2020-yilning 14-yanvarida Cercle Brugge Eppel bilan 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Honvéd



2020-yil 20-oktabrda Eppel Budapeshtning Honvéd klubi bilan shartnoma imzolagan.

Diósgyőr



2022-yil 6-yanvarda Eppel „Diósgyőr“ safiga qo‘shilgan.

Xalqaro faoliyati



Eppel Vengriya terma jamoasi safida 2017-yil 5-iyun kuni Budapeshtning Groupama Arena stadionida Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan. U terma jmaodagi birinchi golini aynan shu uchrashuvda kiritgan.

Toʻrt kundan soʻng, 2017-yil 9-iyun kuni u Andorrada boʻlib oʻtgan FIFA Jahon chempionati-2018 saralash bosqichida Andorraga qarshi oʻyinda ikkinchi bor terma jamoa safida maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz