Mrinal Kulkarni
Mrinal Deo-Kulkarni (1971-yil 21-iyunda tugʻilgan) — Hindistonning teleaktrisasi va rejissori. U Doordarshanning Meerabai serialidagi Meerbay va Son Pari hind serialidagi farishta roli bilan koʻproq tanilgan. U marathi va hind tilida serial va filmlarda rol oʻynagan.
Faoliyati
Marathi teleseriali Swamida Peshawe Madhavraoning rafiqasi Ramabai Peshave rolida debyut qilganida Mrinal 16 yoshda edi. Bu unga mashhurlik berdi. Madhavrao rolini Ravindra Mankani ijro etgan.
U aktyorlikka unchalik jiddiy qaramasdi. Buning oʻrniga u falsafa boʻyicha doktorlik darajasini olishni xohladi. Ammo takliflar uning yoʻliga tushdi va nihoyat u 1994-yilda aktyorlik faoliyatini yaratishga qaror qilgan. U yana koʻplab muvaffaqiyatli rollarni, jumladan, Shrikant (Satchandra Chatterjeening romanlaridan biriga asoslangan teleserial), Buyuk Maratha, Draupadi, Hasratein, Meerbay, Teacher, Khel, Sparsh va boshqa filmlardagi rollarni ijro etishda davom ettirgan. Uning Alpha Marathi kanalidagi Avantika teleserialidagi roli koʻpchilikning eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Mrinal bir qator tarixiy personajlar — Meerbay, Draupadi, Ahilya Bay Xolkar, Ramabay, Jijabay va boshqalarni oʻynashi bilan mashhur. U shu paytgacha 22 ta hind teledasturlarida ijro etgan. U oʻzining rejissyorlik tashabbusiga eʼtibor qaratish uchun teleseriallarda rol oʻynashni toʻxtatgan. Bundan tashqari, u bir nechta reklamalarni ham qilgan. Mrinal Kulkarni Bollywood filmlari qatori maratxi tilida ham rol ijro etgan.
Rejjisorlik
Mrinal Kulkarni „Prem Mhanje….Prem Mhanje…Prem Asta“ marathi filmida rejissor sifatida debyut qilgan. Film ssenariysini Mrunal Kulkarni yozgan. Shundan soʻng u Rama Madhav nomli marathi tarixiy dramasiga boshchilik qilgan.
Filmografiyasi
Marathi filmlari
Hind filmlari
Onlayn-seriyalar
Yozgan va rejissorlik qilgan filmlari
Manbalar
uz.wikipedia.org