Mr. Lonely




Mr. Lonely “ (tarjimasi „Janob yolgʻiz“) — amerikalik qoʻshiqchi Bobby Vinton tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Xonandaning 1962-yilda eʼlon qilingan Roses are Red nomli albomiga kiritilgan.

Yaratilish tarixi



Vinton qoʻshiqni 1950-yillarning oxirida, armiyada xizmat qilayotganda yozishni boshlagan. Qoʻshiqda xorijga joʻnatilgan va uyi bilan aloqasi yoʻq askar tasvirlangan. Xonanda oʻsha paytdagi ahvolidan afsusda va kimdir bilan gaplashishini xohlaydi.

Singl xuddi Vyetnam urushi avj olgan va koʻplab askarlar shunga oʻxshash vaziyatni boshdan kechirayotgan paytda chiqarilgan.

1966-yilda Vinton qoʻshiqning davomi — uyiga sogʻ-salomat qaytib kelgan „Coming Home Soldier“ tarjimasi „Uyga qaytgan askar“ qoʻshigʻini yozdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz