Mo`yqalam




Moʻyqalam , qilqalam — rangtasvir va grafikada, shuningdek, kalligrafiyada boʻyoqni mato, qogʻoz va boshqa asosga surtishda ishlatiladigan asbob. Rassomning asosiy ish quroli. Hayvonlarning junidan dumaloq, yassi, oʻtkir uchli qilib tayyorlanadi. Moyboʻyoq rassomligida dagʻalroq jundan (dumaloq yoki yassi shaklli), yelim rassomligida uzunroq qildan, akvarel, tempera va grafikada mayin (olmaxon, boʻrsiq, qumsichqon) jundan (dumaloq, oʻtkir uchli) tayyorlangan M.lar ishlatiladi. Oʻta mayin va egiluvchan xususiyatli (kolonok tukidan tayyorlangan) M.ni barcha boʻyoklar bilan ishlaganda qoʻllash mumkin.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz