Moyo serdse
„
Moyo serdse “ (ruscha: Моё сердце, yaʼni „Mening yuragim“) — „Splin“ rus rok-guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2001-yil eʼlon qilingan „25-y kadr“ nomli studiyaviy albomiga toʻrtinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Aleksandr Vasilyev yozgan. „Moyo serdse“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biri boʻlib, 2001-yilda Rossiyada hamda ayrim MDH mamlakatlarida xitga aylangan.
QOʻshiq 2002-yilning fevralida eʼlon qilingan „Akustika“ albomidan ham oʻrin olgan. Albomga kiritilgan kompozitsiyalar guruh 2001-yilning dekabrida Stanislavskiy nomidagi Moskva teatrida bergan konsert davomida yozib olingan. „Moye serdse“ qoʻshigʻining mazkur albomga kiritilgan versiyasida Vasilyev „Men, xudoga shukurki, Ricky ham emasman, Martin ham emasman“ (ruscha: Ну, так и я, слава Богу, Не Рики, не Мартин) misrasini „Men, xudoga shukurki, Vova ham emasman, Putin ham emasman“ (ruscha: Ну так и я, слава Богу, не Вова, не Путин) oʻlaroq oʻzgartirib kuylagan.
„Moye serdse“ qoʻshigʻi uchun rejissyor Aleksey Sechenov klip suratga olgan. Klipda „Splin“ guruhi „Maxidrom“ festivalida qilgan chiqishi davomida yozib olingan kadrlardan foydalanilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org