Moʻynoq aeroporti




Moʻynoq aeroporti  – Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumanida joylashgan sobiq aeroport. U yengil samolyotlar, barcha turdagi vertolyotlarning zaxira maydoni boʻlib, aviatsiya ishlari uchun foydalaniladi. Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy qismida, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi xuddi shu nomdagi shahar aeroporti. Mamlakatning eng shimoliy aeroporti. 1947-yilda qurilgan.

Tarixi



Sovet davrida Moʻynoq aerodromi 3-darajali boʻlib, An-24, Yak-40 va yengilroq samolyotlarni, shuningdek, barcha turdagi vertolyotlarni qabul qilishga moslashgan edi. Uchish-qoʻnish yoʻlagining oʻlchamlari 1500x40 m edi.

1960-yillardan 1990-yillarning boshlarigacha aerodromda An-2 samolyotining parvozi amalga oshirilgan, mahalliy havo yoʻnalishlarida (xususan, Qoʻngʻirot, Nukus, Urganch, Taxtakoʻpir, Qozoqdaryo, Aspantay, Tuley punktlariga) kuniga 19 tagacha yoʻlovchi reyslari amalga oshirilgan.

1990-yillardan boshlab u havo ishlari uchun (xususan, janubiy Orolboʻyida chigirtka tarqalishiga qarshi agrokimyoviy tadbirlar uchun) qoʻnish joyi sifatida foydalanilgan.

Hozirgi holati



2019-yilda aeroportni rekonstruksiya qilishni boshlash uchun hukumat qarori chiqdi. Uning qiymati 300 milliard soʻmga baholangan.

Yangi aeroport birinchi sinov parvozini 2020-yil avgust oyida qabul qildi. Fevral oyida Oʻzbekiston Prezidentining samolyoti birinchi marta aeroportga kelgan edi. Keyin Shavkat Mirziyoyev Nukus-Moʻynoq-Toshkent yoʻnalishida havo qatnovi ochilganini maʼlum qildi.

Uchish-qoʻnish yoʻlagi rekonstruksiya qilindi, uning oʻlchami 2300x60 m gacha kattalashtirildi. Bu esa zamonaviy yoʻlovchi samolyotlarini joylashtirish imkonini berdi. Yangi aeroport terminali qurildi.

2020-yil 26-avgust kuni A320 samolyotida Toshkent – Moʻynoq yoʻnalishi boʻyicha sinov yoʻlovchi reysi amalga oshirildi.

2022-yil 23-fevral kuni Moʻynoq aeroporti birinchi marta Oʻzbekiston Prezidentining „1-sonli havo kuchlari“ni qabul qildi.

2022-yil 27-mart kuni „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasi Toshkent – Nukus – Moʻynoq yoʻnalishida sinov reysini amalga oshirdi.

„Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasi 2022-yil 12-sentabrdan Nukus – Moʻynoq – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam qatnovni yoʻlga qoʻyishini maʼlum qildi. Parvozlar dushanba kunlari amalga oshirilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz