Moyinqum (Moyinqum tumani)
Moyinqum (qozoqcha: Мойынқұм, 1997-yilgacha — Furmanovka) — Qozogʻiston Respublikasining Jambul viloyati, Moʻyinqum tumanidagi qishloq. Moʻyinqum qishloq okrugining maʼmuriy markazi va u yerdagi yagona aholi punkti. KATO kodi — 315630100.
Oqbaqay oltin rudasi koni qishloqdan 60 km shimoli-sharqda joylashgan.
Tarixi
Shahar 1898-yilda rus savdogar Fyodor Gulyaev tomonidan tashkil etilgan boʻlib, u yangi fermani oʻz nomi bilan Gulyaevka deb atagan. Sovet davrida Furmanovka qishlog‘i deb atalgan, mustaqillikka erishilgach, hozirgi Mo‘yinqum nomini olgan.
Aholisi
1999-yilda qishloq aholisi 8739 kishini (4674 erkak va 4065 ayol) tashkil qilgan. 2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloqda 8463 kishi (4193 erkak va 4270 ayol) yashagan.
2019-yil 1-yanvar holatiga koʻra qishloq aholisi 8607 kishini (4406 erkak va 4201 ayol) tashkil qilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org