MO’YDINOV AHMADJON RAZZOQOVICH



MO’YDINOV AHMADJON RAZZOQOVICH (1955.15.4, Uchqo’rg’on tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Namangan pedagogika institutini tugatgan (1977). 1977 yildan Uchqo’rg’on tumanidagi 38-gimnaziyada matematika o’qituvchisi. Pedagogik faoliyati davomida zamon talabiga mos matematika xonasini jihozlagan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz