Movut




Movut — jun tolalardan yoki ularga boshqa tolalar aralashtirib toʻqiladigan jun yoki yarim jun gazlama. Mayin va dagʻal xillari boʻladi. Mayin M. mayin va yarim dagʻal tolalardan, dagʻal M. dagʻal tolalardan tayyorlanadi. M. tay-yorlash uchun tolalar maxsus mashinalarda bevosita kigizga oʻxshatib bosiladi yoki oldin toʻquv dastgohida xom gazlama toʻqib olib, uni mashina vallari orasidan oʻtkazib zichlanadi. Xom gazlama toʻqish uchun toʻquvchilik usullarining asosiylari —garnitura, sarja va satin oʻrilishlar qoʻllaniladi. M., asosan, shinellar, paltolar va boshqa tikish uchun ishlatiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz