Moviy yoki oq koʻylak fenomeni
Moviy yoki qora koʻylak — 2015-yilgi mediavirus hodisa. Shu yili fevral oyida ijtimoiy tarmoqlarda joylangan va keng muhokamalarga sabab boʻlgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari koʻylakning koʻk-qora yoki oq va tillarangga ega ekanligi borasida kelisha olmagan. Bu hodisa insonning rang idrokidagi farqlarni ochib berdi va nevrologiya va koʻrish fanlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar mavzusiga aylandi.
Fenomen Facebook ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilingan libos suratida paydo boʻlgan. Koʻylak aslida qora va koʻk boʻlgan. Lekin rasmga olininayotganda yorugʻlikning taʼsiri tufayli koʻpchilik uni oq va tillarang deb oʻylagan. Bir hafta ichida ushbu koʻylak haqida oʻn milliondan tvitlar yozildi. Roman Originals doʻkoni koʻylak savdosi oʻsganligi haqida maʼlum qilib, koʻylakning oq va tillaranglardan iborat faqat bir marta sotuvga chiqarilgan versiyasini taqdim etgan. Yangi versiya sotuvidan tushgan foyda xayriya uchun yoʻnaltirilgan.
Kelib chiqishi
2015-yil fevral oyida, Shotlandiyaning Kolonsay shahrida yashovchi Grace va Keir Johnstonning toʻyiga bir hafta qolganda, kelinning onasi Cecilia Bleasdale Angliyaning Chester shimolidagi Cheshire Oaks dizaynerlik doʻkonida libosni suratga oldi. Bleasdale toʻyda libos kiyish niyatida edi va fotosuratni Gracega yubordi. Koʻylak koʻk rangda, uqasi esa qora rangga ega edi. Biroq, Grace onasiga fotosuratda kiyimni oq, uqalari esa tillarang sifatida koʻrganini aytdi.
Grace suratni Facebookda joylashtirgandan soʻng, uning baʼzi doʻstlari koʻylakni tillarang va oq, boshqalari esa qora va koʻk deyishgan. Bir hafta davomida munozara kichik orollar jamoasi boʻlgan Kolonsayda yaxshiroq ochib berildi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org