Moviy masjid, Tabriz




 

Moviy masjid ( forscha: مسجد کبود, ozarbayjoncha: Göy məscid ) — Eronning Tabriz shahrida joylashgan tarixiy masjid . Masjid va boshqa jamoat binolari 1465-yilda Qora qo'yunli hukmdori Jahonshoh buyrugʻi bilan qurilgan.

Masjid 1780-yildagi zilziladan qattiq shikastlangan , fojeadan soʻng faqatgina ayvoni qolgan. 1973-yilda Eron Madaniyat vazirligi nazorati ostida Rizo Memoron Benom tomonidan rekonstruksiyasi boshlangan. Biroq, u yakuniga yetkazishga ulgurmagan.

Tarixi



Tabrizdagi Moviy masjid Qora qoʻyunlilar hukmdori Jahonshoh buyrugʻi bilan barpo qilingan. Jahonshohning rafiqasi Xotun Janbegim (1469-yilda vafot etgan) masjid qurilishi uchun vaqf taʼsis etgan. Biroq oradan bir necha yil o‘tib Jahonshoh va uning Qora qo‘yunlilari Uzun Hasan boshchiligidagi Oq qo‘yunlilar tomonidan ag‘darib tashlandi va Tabriz qo‘lga kiritildi. Jahonshohning qizi Soliha Xotun yangi hukmdorlar nazorati ostida qolgan qurilish ishlarini boshqargan. Uzun Hasanning vorisi Yoqub davrida “masjid maqbarasi gumbazi hamda uning asosiy qismlari qurib bitkazildi”. Sandra Obening qo‘shimcha qilishicha: “Maqbara ichki qismidagi bir necha tafsilotlar, masalan, devor panellaridagi alebastr parchalari va asosiy mehrob maqbara hech qachon to‘liq qurib bitkazilmaganligini ko‘rsatadi (Golombek va Vilber, 407-bet; Obe, 248-bet)".

Maqbara hech qachon qurib bitkazilmagan boʻlsa-da, Tabriz Safaviylar davlati poytaxtiga aylantirilganida, 16-asrning birinchi yarmida Moviy masjid yangi hukmdorlar uchun asosiy masjid sifatida xizmat qilgan. 1514-yilda hal qiluvchi Chaldiron jangida Safaviylar magʻlubiyatga uchragach, Usmonlilar Tabrizni egallab shaharni, jumladan Moviy masjidni ham talon-taroj qildilar. Obening qayd etishicha, kamida sakkizta gilam turklar tomonidan talon-taroj qilingan va Istanbulga olib ketilgan. Obening taʼkidlashicha, Turklar Moviy masjidni bosib olish chogʻida inshoot tuzilishiga hujum qilgani nomaʼlum boʻlsa-da, 16-18-asrlar oraligʻida bir necha zilzilalar binoga jiddiy zarar yetkazgan. Ayniqsa, 1780-yilgi zilziladan masjid jiddiy zarar ko'rgan. Biroq, 17-asrda Moviy masjid allaqachon "butunlay vayron qilingan va tashlab ketilgan" haqida xabar berilgan. 19-asrda mahalliy Tabriz aholisi bino vayronalarini talon-taroj qilgan. 20-asrda, Pahlaviylar davrida masjid nihoyat qayta quriladi. Rekonstruksiyaga Eron Madaniy meros tashkiloti mas'ulligida tabrizlik anʼanaviy meʼmor Muhammad Rizo Memoron Benom rejalari va nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

Xattotligi



Mashhur xattot Ne'matullo bin Muhammad al-Bavab masjidning turli kufiy va tulus yozuvlari, arabeska naqshlari va bu jabhalarining xoramatik kompozitsiyalarini yaratgan. Ichki va tashqi devorlar mozaik plitkalar bilan qoplangan.

Yana qarang




Havolalar




Manbalar




Qo'shimcha o'qish uchun




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz