Moussa Wagué




 

Moussa Wagué (talaffuzi: Mussa Vage) 1998-yil 4-oktabrda tavallud topgan. Senegallik futbolchi „Gorica“ klubi va Senegal terma jamoasi himoyachisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Jamoalardagi faoliyati



Moussa Wagué futbol oʻynashni Qatardagi mashhur „Aspiri“ akademiyasida boshlagan. 2017-yilda tashkilot va belgiyaning „Eupen“ oʻrtasidagi hamkorlik shartnomasiga koʻra, Moussa Wagué ikkinchisida shartnoma imzoladi. 21-yanvar kuni „Genk“ga qarshi oʻyinda u Yupil ligada debyut qildi. 18-fevral kuni „Kortrijk“ga qarshi bahsda Moussa Wagué „Eupen“ uchun birinchi golini urdi. 2018-yilning yozida Moussa Wagué Ispaniyaning „Barcelona“ klubiga oʻtdi. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Moussa Wagué zaxira jamoada oʻynay boshladi. 2019-yilning 13-aprelida u La Ligadagi debyutini „Huesca“ga qarshi o‘tkazdi.

Xalqaro karyerasi



2015-yilda Senegal yoshlar terma jamoasi tarkibida Moussa Wagué Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Portugaliya, Kolumbiya, Qatar, Ukraina, Oʻzbekiston, Braziliya va Mali terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Oʻsha yili Senegal olimpiya terma jamoasi tarkibida Moussa Wagué 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Afrika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Tunis, Zambiya, Nigeriya va ikki marta Janubiy Afrika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2017-yilning 23-mart kuni Nigeriya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Moussa Wagué Senegal terma jamoasi safida debyut qildi.

2018-yilda Moussa Wagué Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Yaponiya, Polsha va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Yaponlarga qarshi kechgan bahsda Moussa Wagué terma jamoadagi ilk golini urdi.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz