Moturidiy pandnomasi



BIRINCHI BOB  - Xudoga takya qilmoq kerak. Nimani xohlasang U beradi. - Uni asra, U ham seni asraydi.- U berganni hech kim tortib ololmaydi.- Unga kim itoat etsa, hamma unga farmonbardor bo‘ladi. - Kimdakim Undan qo‘rqsa, boshqalar sendan qo‘rqishadi. 

- Tavhidni umring sarmoyasi deb bil.- Dunyoparast bo‘lma, Xudoning dushmanini sevgan bo‘lasan.- Chin e’tiqod bezavol ganjdir.- Martabani sabrdan izla. - Qurolingni ilmdan yasa.- Saxovatpesha bo‘l.- Faqirlikni faxr bil.- Oxirat yo‘l ozuqasini taqvodon ko‘zla.- Oxirat yo‘lini taqvodan qur.- Ibodatdan shodlik ista.- Rostgo‘ylikda kamol izla.- O‘limni aslo unutma.- Shodlikni ibodatdan ko‘zla. - Haq hukmiga rozi bo‘l.- Farishtalar, Rasuli akram va Alloh kitobini hurmat qil.- Haq so‘zini imon bil.- Yaxshilar bilan do‘stlash.- O‘zingdan qochib Haqqa yetgin.- Halolni-halol, haromni-harom bilishga o‘rgan. - Dushmanga ozor berma, ammo qo‘lingdan kelsa mahv et.- Xorlik istasang xiyonatchi bo‘l.- Be’manilardan hazar qil.- Nodonni tirik sanama.- Sabrli bo‘l, murodingga yetasan. - Har bir ishda hamkor izla.- O‘zlikni anglashni buyuk xislat bil.- Donishingni xor qilma.- Kam gapir, oz yeginu kam uxla.- Xilofkorlikdan qoch, Allohdan noumid bo‘lma. IKKINCHI BOB- Taqvoni qo‘rqmas askar bil.- Dono ko‘ringan nodondan hazar qil.- Ilmda hammadan kamtar bo‘l.- O‘rgan va o‘zgalarga o‘rgatgin.- Eshitmagan narsang haqida gapirma.- Birovga haddan tashqari tanbeh ham berma, behudaga maqtama ham.- Qulog‘ing bilan eshitganingni mahkam tut.- Rost gapiru o‘zgalarning aybini kovlama.- So‘ramasalar javob berma, aytmagan joyga borma.- Xarid qilinmaydigan narsani sotma.- Olinmaydigan narsani sotma.- Kaltak yemayin desang, begunohga qo‘l ko‘tarma.- Yaxshilikni jondan izla.- O‘zgalar qalbini ovlamoqchi bo‘lsang, yaxshilik qilishga odatlan.- Baloni takobirlik natijasi bil. - Qalbingni hasad o‘ti bilan kuydirma.- Balodan ibrat ol.- Hamisha sir asrovchi bo‘l.- Jafopesha bo‘lma.- Me’yori bilan yegin, nizomi bilan gapirgin. - Xushxulq va beozor bo‘l.- Tavfiqni Xudoning fazilati bil. - Kishilarga qattiq gapiruvchi bo‘lma.- Boylikni iqbol bil, uni xarj etmaslikni esa badbaxtlik bil. UCHINCHI BOB- Har kimning nonini yeya berma, ammo  hammaga non yedir.- Molu davlat orqasidan yuguruvchi bo‘lma.- Haq xikmatini ilmingdan afzal bil.- Ilmingni ehtiyot qil. - Alloh hikmatini o‘z bilimingdan yuksak bil.- O‘zingni ta’rif etishdan saqlan.- Hamisha Alloh shukronasida bo‘l.- Jonni omonat bil.- Allohni hamisha berguvchi, deb bil.- Umringni inoyat bil.- Tadbirni taqdir bilan bog‘la. - Sog‘likni g‘animat bil.- Oxiri ziyon keltiradigan foydaning atrofida o‘ralashma.- Ajalni hech qachon faromush qilma.- Ilm o‘rganishdan aslo tinchima.- Kalondahanlik qilma.- Nasiyani mol deb bilma.- Martabayu izzatni ilmdan izla.- Shahvat asiri bo‘lma.- Afv etmoqni hech kimdan darig‘ tutma.- Rost yo‘lda yengiltaklik qilma.- Sulhning iloji bo‘lmasa, jang¬dan qochma.- Dushmanni haqir bilma.- Do‘sting ming bo‘lsa ham kam.- Har qanday dushmandan ehtiyot bo‘l.- Sendan qo‘rqqandan sen ham qo‘rq.- Dushmaningning dushmani bilan do‘st tutin.- Do‘stlaringning do‘stlari orasida bo‘l.- Do‘stingning dushmanidan g‘ofil bo‘lma. - Rahmsizga shafqat qilma.- Nokasdan qarz olma.- Ajdodlaring qadrini e’zozla.- Johil zohidga inonma.- Omonatga xiyonat qilguvchi bo‘lma.- Sinamagan odam bilan safarga chiqma.- Hirsu xusumatni najosat bil.- O‘z misqolingni o‘zgalar botmonidan afzal bil.- Odamlarning oldida nima desang, orqasidan ham o‘shani gapir.- Birovning moliga muhtoj ekansan, bilgilki, uning qulisan.TO‘RTINCHI BOB - Behudalikni ofatlarning boshi bil.- Birovning minnatini ko‘taru, minnat qilguvchi bo‘lma.- Tilingni hamisha dashnomdan tiygil.- Hojat chiqarishni buyuk ish deb bil.- Yaxshilik qilganingni aytib yurguvchi bo‘lma.- Yomonlikni ofatlarning boshi, deb bil.- Yomonlarga yordamlashma.- Do‘stlaringni yomonlaguvchi bo‘lma.- Yomonlarni o‘zingga yo‘latma.- Dushmaning bilan inoqlashgan do‘stdan qo‘rq.- O‘zgalar g‘amidan xursand bo‘lma.- Senga ishi tushgan odamni ranjitma.- Tuhmat bor joydan qoch.- Ota xatosi uchun tanbeh berma.- Sultonga gustohlik qilma. - Darvesh qardoshingni shod tut.- G‘amgusor bo‘ladigangagina dardingni ayt.- Sharobu taomni kam ye, ko‘pini o‘zgaga ber—esin.- Xalq bilan shunday yashaki, ular hamisha sen bilan bo‘lishsin.- Shuhratmandlikda o‘zingdan ketma.- Birovlarning g‘amidan shodlanuvchi bo‘lma.BESHINCHI BOB- Orzu-umid farzandi bo‘l.- Oila a’zolari haqqini unutma.- Qalbingni din bilan dono  qil.- Odamlar sendan umidvor bo‘lib yashasin.- Martaba, boylikka erishgach, o‘zliging unutma.- Davlat paytida balandhimmat bo‘l.- Og‘ir kunlarda sabr-bardoshli bo‘l.- Oz dardni ko‘p bil.- Boylikka erishgach, himmatbaland bo‘l.- Saxovatda va’daxilof bo‘lma.- Diyonatda bardam va mustahkam bo‘l.- O‘zingni orzular daryosiga g‘arq etma.- Nodondan yiroq yurishga intilgin.- Baxillik bilan martaba qozonolmaysan.- To‘g‘ri yo‘lni ochguvchi ilmdir.- G‘amg‘usoringga g‘amingni ayt.- Hech kimga haqorat ko‘zi bilan boqma.- Xalq bilan bir tan, bir jon bo‘l.- Nokas va bedinga non berma.- Mehmonga sertakalluf bo‘lma.- Ahdu paymonda sobit bo‘l.- Yomon tanishingni uyga yo‘latma.- Molingni noo‘rin va bekorga sarflama.  - Hayot tajribasidan rizq izla.OLTINCHI BOB- Dono suhbati har ikki jahon uchun foydalidir.- Haq rizoligi bilan kun kechir.- Payg‘ambarlarni hamisha tirik bil.- Va’daga vafoni saxovat bil. - Umring lazzatini yaxshilar suhbatidan ko‘zla.- Umid rishtasini hargiz uzma.- Baxildan yaxshilik kutma.- To‘g‘ri yo‘lning kalitini ilm deb bil. - Umringni sahroda o‘tkazma.- Qalblar do‘stligini xomushlikdan izla. - Hamma bilan oshno bo‘lishga intil.- Janjallashgan qarindoshlarni yarashtirishga intil.- O‘g‘irlik moldan ulush olma.- Hech kimga haqorat ko‘zi bilan boqma.- Ayollardan ustun bo‘lishga intilma.- Go‘daklarga nasihat qilma.- Nodon bemorni davolama.- Mast yigitga nasihat qilma.- Do‘stlar aybini o‘z vaqtida ayt.- Siringni do‘stdan ham, dushmandan ham pinhon tut.- Dono suhbatini har ikki jahon uchun foyda deb bil.- Har ishni maslahat bilan qil.YETTINCHI BOB- O‘tganga, to‘kilganga va ketganga afsuslanma.- O‘zingga hamjins va hammaslak do‘st tanla.- Hamma bilan yarashib yashashga intil.- Berahm odamlarni do‘st qatoriga kiritma.- Sog‘liqni hayot garovi bil.- Toshbag‘irlar bilan hamsuhbat bo‘lma.- Ikkiyuzlamachidan vafo kutma.- O‘z yukingni o‘zgalarga oshiradigan bo‘lma,ammo o‘zgalar yukini ko‘targuvchi bo‘l.- Manfaatsiz tiriklik o‘lim bilan barobar.- Ko‘p gapirmoqni gunoh bil.- Hojatingni Allohdan tila va ista.- Do‘stlaring xatosini aytib turgin. - O‘zgalar moliga mehr qo‘yma.- Do‘stingni hamisha esda tut.- Xizmatkorni urushga yuborma.- Aytilmagan joyga borma.- Nodon do‘stga ishonma, chunki suvga suyansang g‘arq bo‘lasan. - Yaxshilarning tirigini ham, o‘ligini ham ziyorat qil.- Qo‘rqoqlikni o‘limdan og‘ir bil.- O‘zingdan keksalarni ulug‘ bil.- Tiriklik haqiqatini sog‘likda, deb bil.- Hech kimning sirtiga qarab baho berma, aldanasan.- Maqsadsiz hayot bilan o‘limni birday bil.- Tilingga ehtiyot bo‘l.- Hammadan yaxshi so‘z o‘rganishga intil.- Hasadgo‘y do‘stdan parhez qil.- Dushman bilan sulh tuzishga intil.- Sabrni maqsadga yetish vositasi bil.- Nizomsiz lashkar lashkar emas.- Qurolsiz jasurni nodon bil.- Yurt obodligini tilasang, ochiqqo‘l bo‘l.- Qalbing pokiza bo‘lsa, murodga yetasan.- Nifoq ilmsizlik belgisidir.- Ranjni osoyishtalik vositasi bil.- Shariatni tan deb o‘yla,  Tariqatni qalb, deb angla,  Haqiqatni esa, jon deb tanigin.SAKKIZINCHI BOB - Yaxshiligingni el bilsin desang, yomonlarga ta’na qilma.- Yomon so‘zga quloq tutma. - O‘zingdan yoshi kattalarni ulug‘ sana. - Til saqlashni umr salomatligi bil.- Yaxshi so‘zni hammadan tinglashga odatlan.- Bu jahon manfaati uchun jahonni sotma.- O‘zingga nimani xohlasang, Haq bandalariga ham o‘shani ista.- Dorini sog‘ paytingda ich.- Uzoqdan bo‘lsa ham ilm o‘rganish payida bo‘l. - Hasadchi do‘stdan parhez qil.- O‘tmish hayotingni o‘z imoming bil.- Johil amirdan hazar qil. Undan keladigan oz siylovni ko‘p bil.TO‘QQIZINCHI BOB- Maqsadga yetish yo‘lini sabrda bil.- Nasihatga quloq tutmaydigan lashkar — lashkar emas.- Itoatsiz raiyat — raiyat emas.- Qurolsiz shijoat nodonlikdir.- Yurting obodligini istasang, xalqingni himoya qil.- Mulkning nizomli rivojlangan bo‘lishini istasang, xoliq va xalqning xursandligini ko‘zla.- Buyuklarning kichiklarga xizmatini kichik bil,   Kichiklarning buyuklarga xizmatini buyuk bil. - Yengiltaklikni xorlik va devonalik bil.- Hashamdorlik, baxillik va hasadni tanang, moling, martabang uchun zahar bil.- G‘ofil amirni amir sanama.- Hiradmand(donishmand)lar suhbatini ko‘zla.- Jahon ko‘rgan kishilarni nadim qil.- Olam obodligini karamu adolatda bil.- Qalbingni pok tutsang, murodga yetasan.- Maqtanchoqlik qilma, birov seni maqtasa, undan faxr¬lanma.   - Nifoqni ilmsizlik oqibati, deb bil.- O‘z aybingni ko‘rguvchi bo‘l.- O‘zingni ta’madan yiroq tut.- Ranjni osoyishtalik natijasi bil.- Zahmat oqibatini shodlik, deb bil.O‘NINCHI BOB- Hamisha aziz bo‘lay desang, xorlik bilan hunar o‘rgan.- Baloni sadaqa bilan daf et.- Hurmatni boylikdan afzal bil.- Takabburlarni dev sana.- Dono do‘st nasihatini qabul et.- Nojins suhbatidan parhez qil.- Hoyu havas otashini o‘ldir.- Jangda balandovoz bo‘l. - Yaxshi so‘zni aziz tut. - Hammaning o‘zingga dushman bo‘lishini istasang, takabbur bo‘l.- Yomon ko‘zdan qo‘rq.- Dinni ilm bilan asra.- Agar xalqning do‘st bo‘lishini istasang, boylikni dushman bil.- Tinchlik istasang, hech kimga yomonlik qilma.- Ulug‘lik istasang, iftixordan qoch.- Duoni quroldan afzal bil.- Umidni ganjdan ortiq bil.- Shunga intilginki, o‘limdan so‘ng ham tirik yurgin.- Alloh xohlamagan hamma narsani botil sana.- Ozorning yo‘lini ehson bilan to‘s. 


Uzpedia.uz