Moʻttixon Jumaboyeva




Moʻttixon Jumaboyeva (1934-yil, Marhamat tumani, Andijon viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1956).

Tarjimayi holi



Moʻttixon Jumaboyeva 1934-yil Marhamat tumanida tavallud topgan. Jumaboyeva 1950—1953-yillari Marhamat tumanidagi Sverdlov nomli kolxozda kolxozchi, 1954—1956-yillarda zveno boshligʻi, 1957-yildan brigadir boʻlib ishlagan. Jumaboyeva zvenosi 1956-yilda gektaridan oʻrtacha 51,5 sentnerdan paxta hosili yetishtirishgan. Jumaboyevaning oʻzi qoʻlda 30 tonna paxta tergan. 4—5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1955—1962).

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz