Motsart
Wolfgang Amadeus Mozart (27-yanvar, 1756, Zalsburg — 5-dekabr, 1791, Vena) klassik eraning mashhur va koʻp taʼsir koʻrsatgan bastakori boʻlgan. Uning 600 dan ortiq kompozitsiyalari orasida simfoniya, konserto, kamer, pianino, opera va xor uchun yozilgan asarlar bor. Mozartning ishlaridan boshqa koʻpgina bastakorlar ilhomlanishgan va uning asarlari hamon orkestrlarning standart repertuarlaridan joy olgan.
Mozart — avstriyalik kompozitor. Vena klassik maktabining yirik namoyandasi. Sozanda, oʻqituvchi va kompozitor. Leopold Mozartning oʻgʻli va shogirdi. Yoshligidanoq noyob musiqiy isteʼdod va xotira egasi, virtuoz sozanda (pianinochi, skripkachi), mohir dirijyor va kompozitor sifatida tanilgan: 5 yoshidan ilk musiqa asarlarini ijod etgan, 6 yoshdan butun Yevropa boʻylab gastrolda boʻlgan. 1770-yildan Bolonya Filarmoniya akademiyasi aʼzosi. Zalsburg knyazarxiyepiskop saroyida konsertmeyster (1769—77) va organchi (1779—81), Avstriya imperatori Iosif II saroyida musiqachi va kompozitor (1787-yildan).
Maʼrifatchilik davri gʻoyalari taʼsiri ostida kamol topgan Mozartning ijodi 18-asrning badiiy choʻqqilaridan biri. Mozart uslubida klassik tizimga xos ratsionalizm mezonlari bilan birga sentimentalizm xususiyatlari oʻzaro tutashgan. Keng qamrovli musiqiy-badiiy obrazlar dunyosida joʻshqinlik va chuqur ehtiros, iroda va matonat, ayni paytda nafislik va mayinlik xususiyatlari keng oʻrin olgan. Uning shodlik, xushchaqchaq tuygʻularga boy, hayotbaxsh ijodida fojia mavzulari, dard-alam kayfiyatlari ham chuqur ifoda topgan.
Eng yirik musiqa ustalari oʻrtasida Mozart oʻz ijodining serqatlamligi va kengligi bilan ajralib turadi. Mozart deyarli barcha musiqa janrlariga murojaat etib, 600 ga yaqin asar yaratgan, musiqa tarixida goʻzallik va mukammal garmoniya timsoli sifatida oʻz nomini qoldirgan. Mozart operaning yangi turlarini yaratgan. „Figaroning uylanishi“ opera-komediyasi (1786), „Don Juan“ opera-dramasi (1787), „Seholi fleyta“ milliy opera-ertagi (1791) (jami 17 ta) jahon musiqali teatri xazinasining durdonalariga aylangan. Bulardan „Zaida“ (1780), „Haramdan olib qochish“ (1782), „Qohira gʻozi“ (1783) kabi operalarida Sharq mavzulariga murojaat qilgan. Mozart ijodida simfoniya (50 ga yaqin), cholgʻu konsert (40 ga yaqin), torli kvartet (23 ta), fortepiano sonatasi (21 ta) rivoj topdi. Mozart, shuningdek, turli cholgʻu asarlar, kantata, messa, kamer ansambllar, qoʻshiqlar muallifi. Uning soʻnggi asari — „Rekviyem“ (1791, shogirdi F. Zyusmayer tugallagan) mazkur janrning mumtoz namunasiga aylangan. Zalsburgda xalqaro „Mozarteum“ (tarkibida ilmiy, oʻquv, konsert boʻlimlari mavjud) muassasasi faoliyat koʻrsatmoqda (1880-yildan).
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Volfgang Amadey Motsart — buyuk avstriyalik bastakor, pianinochi va dirijyor, klassik musiqaning eng yorqin namoyandalaridan biridir. U 1756-yil 27-yanvarda Salzburg shahrida tug‘ilgan va juda erta yoshda musiqiy iste’dodini namoyish qilgan. Motsart bola paytidayoq o‘zining noyob iste’dodi bilan butun Yevropani lol qoldirgan, u sakkiz yoshida allaqachon murakkab musiqiy asarlar yaratgan.
Motsartning musiqasi klassik davr musiqasining asosiy mezonlarini belgiladi. U o‘zining asarlarida melodik ravshanlik, harmoniya va formalarning mukammal uyg‘unligini ko‘rsatgan. Uning asarlari opera, simfoniya, kamera musiqasi, fortepiano va cherkov musiqasini o‘z ichiga oladi.
Mashhur asarlari qatoriga “Figaroning to‘y” (Le Nozze di Figaro), “Don Juan” (Don Giovanni), “Sehrgar flauta” (Die Zauberflöte) operalari kiradi. Shuningdek, uning fortepiano konsertlari, simfoniyalari va kamera asarlari ham musiqiy adabiyotda juda yuqori baholanadi.
Motsartning ijodiy hayoti qisqa, lekin nihoyatda samarali bo‘lgan. U 1791-yilda, faqatgina 35 yoshida, nomalum sabablar bilan vafot etgan. Shunga qaramay, uning musiqasi butun dunyo bo‘ylab sevib tinglanadi va u klassik musiqaning ajralmas qismi sifatida qadrlanadi.
Muhim jihatlaridan biri shundaki, Motsart o‘z davrining eng kamolotga ega musiqiy shakllarini yanada takomillashtirgan va yangi uslublarni yaratgan. U musiqada uyg‘unlik va ifoda erkinligini birlashtira olgan, har bir asari o‘ziga xos hayotiy va hissiy chuqurlikka ega. Uning merosi musiqachilar uchun o‘rnak bo‘lib qolmoqda, va uning musiqa asarlari har yili dunyo sahnalarida ijro etiladi.
Qisqasi, Volfgang Amadey Motsart musiqiy ijodda daholik timsoli bo‘lib, u zamonaviy musiqaning poydevorini yaratgan buyuk san’atkor sanaladi.