Moskva jangi




Moskva urushi - Ikkinchi jahon urushi dagi yirik urushlardan biri (1941.30.9 — 1942.20.4). Mudofaada turgan (1941.5.12 gacha) sovet qoʻshinlarining Gʻarb (general-polkovnik I. S. Konev, 10-oktabrdan armiya generali G. K. Jukov), Rezerv (marshal S. M. Budyonniy), Bryansk (genaral-polkovnik A. I. Yeremenko, oktabrdan general-mayor G. F. Zaharov) va Kalinin (general-polkovnik I. S. Konev) frontlari shiddatli urushlardan soʻng, olmon qoʻshinlarining "Markaz" armiyalar guruhi (general-feldmarshal F. Bok) hujumini Volga suv omboridan janubroqda, Dmitrov, Yaxroma, Krasnaya Polyana (Moskvadan 27 km narida), Istradan sharqroqda, Kubinkadan gʻarbroqda, Naro-Fominsk, Serpuxovdan gʻarbroqda, Aleksin, Tuladan sharqrokda toʻxtatib dushmanni holdan toydirganlar. 5—6-dekabrda sovet qoʻshinlari qarshi hujumga oʻtib, 1942-yil 7—10-yanvarda butun front boʻylab yalpi hujumga oʻtganlar. 1942-yilning yanvar — aprelida Shimoli-Gʻarbiy (generalleytenant P. A. Kurochkin), Kalinin, Gʻarbiy va Bryansk (general-polkovnik Ya.T. Cherevichenko) frontlarining soʻl qanot qoʻshinlari raqibni magʻlubiyatga uchratib, uni 100–250 km nariga uloqtirib tashlashgan. Ikkinchi jahon urushida olmonlar armiyasi ustidan ilk bor yirik gʻalabaga erishilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz