Moskva cho`qqisi
Moskva choʻqqisi — Pomirning shim.-gʻarbiy qismidagi Petr I tizmasining eng yuqori nuqtasi, Tojikistonda. Balandligi 6785 m. Yon bagʻirlaridan Gando, Sagran, Fortambek muzliklari boshlanadi. Choʻqqiga birinchi boʻlib 1956-yilda D. Oboladze boshliq alpinistlar chiqishgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org