Morten Konradsen




Morten Agnes Konradsen (norv.: Morten Ågnes Konradsen) 1996-yil 3-mayda Norvegiyaning Bodo shahrida tugʻilgan. Norvegiyalik futbolchi Morten Agnes Konradsen „Bodo-Glimt“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi.

Jamoalardagi faoliyati



Morten Agnes Konradsen oʻz shahri hisoblangan Bodoning „Bodo-Glimt“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010-yilda Morten Agnes Konradsen „Ole Gunnar Solskjær/Statoil“ futbol akademiyasini bitirgan. Shu bilan bir qatorda, Norvegiyaning 17 yoshlilar terma jamoasida o‘ynagan. Morten Agnes Konradsen 2013-yilning 21-aprelida Norvegiya birinchi divizionida „Elverum“ jamoasiga qarshi debyut qildi. Mavsum oxirida Morten klubga elitaga chiqishga yordam berdi. 2014-yilning 13-aprelida Morten Agnes Konradsen „Tippelig“ klubi safida „Sogndal“ga qarshi debyut qildi. 9-noyabr kuni „Viking“ga qarshi duelda Morten Agnes Konradsen „Bodo-Glimt“ safida birinchi golini urdi. 2017-yil 31-iyulda „Bodø/Glimt“ va „Rosenborg Ballklub“ Morten Konradsenning transferi borasida kelishib oldilar. 2017-yil 2-avgustda Morten Agnes Konradsen „Rusenborg“ bilan 2020-yilgacha shartnoma imzoladi.2017-yilning yozida Morten „Rozenborg“ga koʻchib oʻtdi. 14-oktabr kuni „Tromso“ga qarshi oʻyinda Morten Agnes Konradsen yangi jamoada debyut qildi. 2017-yilgi mavsumda u „Eliteserien“ni gʻalaba qozonib, yetakchi boʻlishida yordam berdi. 2018-yilning 26-aprelida Morten Agnes Konradsen jamoasini 2018-yilgi futbol chempionati finalida g‘alaba qozonishga yordam berdi. „Rusenborg“ „Lillestrom“ni 1:0 hisobida magʻlub etdi. 2018-yilgi mavsumda jamoaga kubokni yutishda yordam berdi. 2018-yilning 15-avgustida Morten Agnes Konradsen „Bodø/Glimt“ bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

Jamoalari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz