Morkush koʻchasi
Morkush koʻchasi — tarixiy nom. Morkush — „ilon oʻldiruvchi“ maʼnosini beradi. Koʻchada turli kasb bilan shugʻullanuvchi aholi, jumladan, shirinliklar tayyorlovchilar, toʻquvchilar, toʻn tikuvchilar istiqomat qilgan. Shialar uchun husaynixona, sunniylar uchun esa masjid mavjud. Miyon Ishoq madrasasi boʻlib, hozir saqlanmagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org