Morkovcha
Koreys uslubida tayyorlangan sabzi (shuningdek,
morkovcha ) ― toʻgʻralgan sabzi (ingichka va uzun somoncha shaklida), sarimsoq, oʻsimlik moyi va ziravorlar (masalan, koriandr) solingan salat.
Taom 1937-yilda Uzoq Sharq oʻlkalardan Qozogʻiston va Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan sovet koreyslari tomonidan yaratilgan. Bu salatning paydo boʻlishiga yangi yashash joylarida koreys yaxna gazaklarini (panchxan) tayyorlash uchun mahsulotlarning yetishmasligi sabab boʻlgan. Xususan, morkovcha oʻsimlik yogʻida qovurilgan (Tarodi , Taradi yoki Toraji) qoʻngʻiroq ildizi taomiga muqobil variant boʻldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org