Moris Kvitelashvili




Moris Mixaylovich Kvitelashvili (gruzincha: მორის მიხეილის ძე ყვითელაშვილი; 1995-yil 17-mart, Moskva, Rossiya) - gruziyalik figurali uchuvchi. Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori (2020). Rostelecom Cup Gran-pri bosqichi gʻolibi (2021). Kattalar oʻrtasidagi Rossiya kubogi gʻolibi (2014).

Moris 2016-yildan boshlab Gruziya vakili sifatida musobaqalarda qatnashib keladi (ilgari Rossiya terma jamoasida boʻlgan).

2022-yil 10-oktyabr Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 4-oʻrinni egallagan.

Faoliyati



Rossiya vakili sifatida



Moris Kvitelashvili 1995-yilda Moskvada tugʻilgan. U besh yoshidan boshlab konkida uchadi. Moris 2013-yilda Gran-prining oʻsmirlar bosqichlarida debyut qildi. Yil oxirida Italiyada boʻlib oʻtgan qishki Universiada boʻlib beshinchi oʻrinni egalladi. Moris Rossiya chempionatidagi debyutida muvaffaqiyatsiz chiqish qildi, ammo 2014-yil fevral oyida Rossiya kubogini qoʻlga kiritdi.

Moris 2015-yilgi mavsumni Saranskda boshladi va u yerda boʻlib oʻtgan xalqaro turnirda uchinchi oʻrinni egallab, Gran-pri turkumiga kiruvchi Xitoy kubogiga yoʻl oldi. Xitoy kubogi musobaqasida oxirgi oʻrinni oldi. Moris milliy chempionatda ham yaxshi ishtirok eta olmadi va 12-oʻrinni egalladi.

Gruziyada vakili sifatida



2016-yilning bahorida Moris Gruziya bayrogʻi ostida musobaqalarda qatnashishga qaror qildi. U dekabr oyida Budapeshtda boʻlib oʻtgan Santa Klaus turnirida birinchi oʻrinni egalladi. Moris yanvar oyi oxirida Ostravada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida debyut qildi va oltinchi oʻrinni egalladi. Mart oyining oxirida Xelsinkidagi jahon chempionatida ishtirok etdi, u yerda Moris oʻntalikdan joy olishga muvaffaq boʻldi. Shu bilan birga, u Janubiy Koreyada boʻlib oʻtadigan Olimpiadaga yoʻllanmani qoʻlga kiritib, umumiy va erkin dastur boʻyicha oldingi sport yutuqlarini yaxshiladi.

Olimpiya oʻyinlarida Moris qisqa dasturi uchun 76,56 ball olib, 22-oʻrinni egalladi. Moris 2020-yilning 23-yanvarida Gruziya tarixida birinchi marta erkaklar oʻrtasidagi yakkalik konkida uchish boʻyicha Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Natijalari




Gruziya uchun




Rossiya uchun




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz