Morgan Gibbs-White




Morgan Anthony Gibbs-White (talaffuzi: Morgan Entoni Gibbs-Uayt) (2000-yil 27-yanvarda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Morgan Gibbs-White Premer-liga vakili „Nottingham Forest“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Wolverhampton Wanderers



Morgan Gibbs-White 8 yoshida „Wolverhampton“ futbol klubi safiga kelib qoʻshilgan va klub akademiyasida barcha yosh guruhlarida oʻynagan. Morgan Gibbs-White 2017-yilning 7-yanvarida Angliya kubogi 3-bosqichida Premer-liga vakili „Stoke City“ futbol klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Joe Mason oʻrniga 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 16 yoshida jamoadagi debyut oʻyinini oʻtkazgan.

2018-yilning yanvarida Morgan Gibbs-White 2022-yilning yoziga qadar klubda qoladigan shartnoma imzolagani malum boʻldi. Morgan Gibbs-White Premer-ligadagi ilk uchrashuvini 2018—2019-yilgi mavsumning dastlabki uchrashuvida „ Everton“ futbol klubiga qarshi kechgan oʻyinda oʻtkazdi.

COVID-19 pandemiyasi paytida Morgan Gibbs-White 2020-yil may oyida Londondagi ziyofatda qatnashib hukumat qoidalarini buzgani uchun klub tomonidan intizomiy jazoga tortildi.

2020-yilning 25-avgustida Morgan Gibbs-White 2020—2021-yilgi mavsum uchun Chempionat vakili „Swansea City“ futbol klubiga ijaraga oʻtishdan oldin „Wanderers“ futbol klubi bilan uch yillik yangi shartnoma imzoladi. Morgan Gibbs-White 12-sentyabr kuni „Preston North End“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) „Swansea“ futbol klubi safidagi ilk golini kiritdi. Morgan Gibbs-White 3-oktyabr kuni „Swansea“ klubining „Millwall“ futbol klubiga qarshi uy oʻyinida oyogʻini sindirib, mavsumning uch oyini oʻtkazib yubordi. Morgan Gibbs-White 2021-yil 2-yanvarda „ Watford“ klubiga qarshi oʻyinda (2:1) maydonga qaytdi.

Morgan Gibbs-White 2021-yil 31-avgustda 2021—2022-yilgi mavsum uchun „Sheffield United“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshildi. Morgan Gibbs-White „Sheffield United“ futbol klubidagi debyut oʻyinini 2021-yil 11-sentyabrda „Peterborough United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (6:2 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi.

Nottingham Forest



2022-yilning 19-avgustida Morgan Gibbs-White „Nottinham Forest“ futbol klubi safiga oʻtdi va klub rekordi boʻlgan transfer narxi 25 million funt sterling evaziga besh yillik shartnoma imzoladi.

Shaxsiy hayoti



Morgan Gibbs-White Stafford shahrida tugʻilib oʻsgan. Morgan Gibbs-White oʻz shahridagi ser Graham Balfour maktabida, keyinroq Shropshire shtatidagi Telford shahridagi Thomas Telford maktabida oʻqigan.

Faoliyat statistikasi




Yutuqlar



Wolverhampton Wanderers

individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz