Morfonologiya




Morfonologiya (morfologiya va fonologiya) — turli morfemalarning fonologik tuzilmasini va fonologik farqlanishlarning morfologik mak,sadda qoʻllanishini ilmiy tadqiqetuvchi tilshunoslik boʻlimi. Morfologiya – fonologiya va morfologiya oraligʻidagi til bosqichi boʻlib, bu terminni birinchi marta ruschex tilshunosi N. S. Trubetskoy taklif etgan. Bunda Morfologiya bir mor-femadagi turli fonemalarning almashinuvi sifatida juda tor izohdangan. Morfologiyaga keng maʼnoda karalganda, u: 1) soʻz va morfemalarning fonologik tarkibi hamda oʻzak va affiksal morfemalarning oʻzaro farqlanishini nazarda tutadi; 2) soʻz yasash va soʻz shakllarini yasash jarayonida morfemalar va ularning bir-biriga ulanishida boʻladigan turli oʻzgarishlarni eʼtiborga oladi; 3) morfemalar oraligʻidagi va chegaraga ajratishdagi turli xususi-yatlarni Morfologiyada oʻrganadi. Morfemalardagi fonemalar almashinuvi mor-fonema deb yuritiladi. Mas, tara – taroq soʻzlari a/o, sez – seskanmoq soʻzlari z/s morfonemasiga ega. M. urgʻuning morfologik vazifa bajarishini ham nazarda tutadi: olma (ot, mevaning turi), olma (feʼlning inkor shakli) soʻzlari urgʻuning oʻrni bilan farqlanadi. M. baʼzi tillarda koʻproq (slavyan), baʼzilarida esa kamroq (turkiy tillarda) boʻlishi mumkin.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz