Morfogenez




Morfogenez (yun. morphe — shakl va genesis — rivojlanish) — organizmlarning ontogenezi va filogenezida yangi shakllar va tuzilmalarning hosil boʻlish jarayoni. M. jarayonida hujayralarning koʻpayishi, joyining oʻzgarishi, tanlanishi, baʼzi hujayra guruhlarining oldindan irsiy belgilab qoʻyilgan oʻlimi va ixtisoslanishi kuzatiladi. Murtakhujayralarining ixtisoslanishi tufayli har xil tuzilishga va funksiyaga ega boʻlgan hujayralar shakllanadi. Ixtisoslashgan hujayralar muayyan yoʻnalishda rivojlana boshlaydi. Bu jarayon determinatsiya deyiladi. Unda hujayra guruxdari oʻzaro taʼsir qilib, bir-birining rivojlanishini boshqaradi. Bu hodisa embrional induksiya deyiladi (yana qarang Ontogenez, Filogenez).

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz