Morfin




Morfin — afyun (opiy)ning asosiy alkaloidi. Afyundan kimyoviy yoʻl bilan ajratib olinadi. Ogʻriq qoldiruvchi kuchli narkotik moddalar turkumiga kiradi. Tibbiyotda morfinning gidroxlorid tuzi ishlatiladi. Morfin, asosan, markaziy nerv sistemasiga taʼsir etadi: ogʻriq sezgisini kamaytiradi, nafas, yoʻtal va qusish markazlarini susaytiradi, adashgan hamda koʻzni harakatlantiruvchi nervlar markazini qoʻzgʻatadi. Uni bir necha bor qabul qilinganda kishi oʻrganib qolishi (morfinizm) mumkin.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz