Moretto (Ichimlik)




Moretta, Moretta Fano  — Italiyaning Pesaro va Urbino provinsiyasidagi Fano shahridan kelib chiqqan issiq qahva  ichimligi. U kuchli va shirin taʼmga ega boʻlib, odatda ovqatdan keyin ichiladi yoki sovuq kunlarda issiq ichimlik sifatida isteʼmol qilinadi. U uch (pastdan boshlab)  qatlam bilan tavsiflanadi: likyor, qora qahva va qahva koʻpigi. Likyor oʻrniga shakar yoki limon qobigʻi erigan issiq rom yoki konyak ishlatilishi mumkin. Tayyor ichimlik oldindan qizdirilgan klassik shisha stakanga marxamat qilinadi.

Tarix



Fano port shahridan (Pesaro e Urbino) dengizchilar va baliqchilar ichimlikni yaratishlari mumkin edi, chunki ular ish joylarida sovuqotmaslik uchun shunga oʻxshash masalliqlardan tayyorlangan ichimlik isteʼmol qilardilar. Vaqt oʻtishi bilan bu masalliqlar moretta uchun asos boʻldi. 2004-yilda AIBES Morettani kokteyl sifatida rasman tan olindi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz