Morelos
Morelos — Meksikaning markaziy qismidagi shtat. Maydoni 4,9 ming km². Aholisi 1,55 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kuernavaka shahri Shtat Koʻndalang Vulkanli Syerra togʻlarining jan. yon bagʻri va Morelos togʻlarida (oʻrtacha balandligi 1500 m) joylashgan. Shimolida Popokatepetl (5452 m) harakatdagi vulkani bor. Iklimi togʻ tropik, moʻʼtadil nam iqlim. Kuernavaka shahri atrofida oʻrtacha oylik temperaturalar 15° dan 22° gacha, yillik yogʻin 1000 mm. Shtat hududini Balsas daryosi va uning irmoqlari kesib oʻtgan. Xoʻjaligining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil qiladi. Ekin maydonlarining maʼlum qismi sugʻoriladi. Asosiy tovar ekinlari — sholi va shakarqamish. Mevachilik rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Kuernavaka — Meksikaning eng muhim togʻ kurortlaridan biri.
Manbalar
uz.wikipedia.org