Morelli




MORELLI (Morelly) — „Aqliy kommunizm“ deb atalgan oqimning sobit-qadam vakili. 18-asrda yashab ijod qilgan. Asosiy asari: „Tabiat kodeksi“ (1755). Bu asar jamoa mulki hukm suradigan jamiyat tamoyillarini asoslashga bagʻishlangan. Morelli nazariy tizimlari aqlga (ratsionalizmga) asoslanadi. Oqilona ijtimoiy tartibotni nooqilona tuzumga qarama-qarshi qoʻyadi. Oʻz zamonasi tuzumini u nooqilona, yanglishlar natijasi deb baholaydi. Oqilona tuzumni Morelli ishlab chiqarishni va taqsimotni tartibga soladigan yagona xoʻjalik kommunasi tarzida tasavvur qiladi. Morelli tabiat va aqlning amriga muvofik keladigan jamiyatning uch asosiy qonunini ifodalab bergan. Ular: 1) Xususiy mulkni bekor qilish; 2) „Yashash huquqi“ va „mehnat qilish huquqi“; 3) barcha fuqarolarning mehnat qilishga majburligidir. Morelli qoʻpol tenglashtirish kommunizmining tipik vakilidir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz