Mordexay Bachayev




Mordexay Xiyayevich Bachayev (adabiy taxallusi — Muhib ; 1911—2007-yillar) — yahudiy-tojik yozuvchisi va shoiri, tarjimon.

Biografiyasi



Mordexay Bachayev 1911-yilda Marv shahrida tugʻilgan. Tez orada uning oilasi Samarqandga koʻchib oʻtadi va u yerda boshlangʻich yahudiy diniy maktabini, keyin rus oʻrta maktabini, soʻng Toshkent universitetining pedagogika fakultetini tamomlaydi. 1930-yilda „Bayroki mihnat“ yahudiy-tojik gazetasining masʼul kotibi boʻldi. 1938-yilda Bachayev noqonuniy ravishda repressiya qilingan. 1953-yilda ozodlikka chiqib, Dushanbeda qoʻnim topgan, u yerda tarjimon va adabiy muharrir boʻlib ishlagan. 1973-yilda Isroilga muhojirlik qildi. Muhojirlikdan soʻng darhol yahudiy-tojik lahjasida oylik byulleten chiqarishni boshladi.

1927-yilda Bachayevning birinchi sheʼrlari „Roshnai“ gazetasida nashr etilgan. 30-yillar boshida uning 3 ta sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan: „Qizil bahor“, „Jamoa quvvati“ va „Mehnat ovozi“. Rus, tojik va oʻzbek tillaridan adabiy asarlarni yahudiy-tojik shevasiga tarjima qilgan. 1974-1975-yillarda surgunda „Tosh xaltada“ romanini nashr etdi. 1978-1979-yillarda „Gʻazal“, „Gulzor“ sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Injilni tojik tiliga tarjima qilish bilan shugʻullangan. Injil mavzularida bir qancha sheʼriy asarlar yozgan.

Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz